🍃 “Shahar tojini izlama, ota-onang roziligini izla!” Odatda otani “Padari buzrukvor”, onani esa “Mehribon volida” deymiz. Chunki, har bir inson uchun otadan ulug’ qadrdon, onadan mehribon va yaqin kishi yo’q. Ular siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab avaylab voyaga yetkazibgina qolmasdan hamma vaqt quyosh yanglig’ hayotimizga nur ato etadilar, tunimizni yorug’, yo’llarimizni oydin qiladilar.
Qadriga yet bo’lsa ularni,
Xurmatini qo’ygin joyiga,
Bekorlarga jannatni Alloh
Qo’ymagandir ona poyiga
Onang borida uchib yurasan,
Yulduzlarni quchib yurasan
Otang boride uchib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan
Qo’yma mehr molu-dunyoga,
U rostanam qo’lning kiri,
Tog’cha uysang ham nasib qilmagay
Agar ular dili og’risa…
Onang borida uchib yurasan,
Yulduzlarni quchib yurasan
Otang boride uchib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan
Bu beshkunlik dunyo o’tadi
Sen qarasang ham, qaramasang ham
Ular seni duo qiladi
Bir kuniga yaramasang ham
Onang borida uchib yurasan,
Yulduzlarni quchib yurasan
Otang boride uchib yurasan
Yulduzlarni quchib yurasan